English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachilar farzandlariga Prezident sovg‘asi topshirildi
21:51 / 2024-12-27

Yangi yil bayrami munosabati bilan yurtimizdagi Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-onasiz qolgan, ota-onalari Vatan sarhadlarini himoya qilish yo‘lida qurbon bo‘lgan bolalar, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlariga Prezident sovg‘asi topshirilmoqda.

Shu jumladan, mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash yo‘lida bojxona organlarida xizmat qilib, qahramonlarcha halok bo‘lgan mard bojxonachilarning farzandlari uchun 9 dona Prezident sovg‘asi Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi mas’ullari tomonidan o‘z egalariga yetkazildi.  

Soha mutasaddilari bojxona tizimida xizmat vazifalarini bajarish chog‘ida shahid bo‘lgan T.Ordabayev, I.Matekeyev, A.Kubeysinov va A.Baymuratovning xonadonlarida bo‘lib, ularning yaqinlari holidan xabar olishdi. Marhumlarning xotirasiga qur’on tilovat qilib, ulardan yodgor qolgan  farzandlariga Yurtboshimizning maxsus sovg‘alari ko‘tarinki ruhda topshirildi. Shaxsan davlatimiz rahbari mehri va e’tiborini o‘zida mujassam etgan o‘quv qurollari, didaktik va stol o‘yinlari, samokat, shuningdek, aqlli soat va shirinliklar to‘plamidan iborat sovg‘alar bolajonlarga haqiqiy bayram shukuhini in’om etdi.  

Dovud Abibullayev,

O‘zA muxbiri