French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachilar eksportyorlarga yaqindan ko‘mak ko‘rsatishmoqda
11:56 / 2022-06-10

Eksport salohiyatini tobora oshirish, bunda albatta eksportyor korxonalarga bojxona tizimida amaliy yordam ko‘rsatish, tadbirkorlarga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati va ko‘lamini tobora yaxshilash  bugun oldimizda turgan muhim vazifalardan biridir.

Shu maqsadda, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi boshlig‘i T.Saidov boshchiligida mas’ul xodimlar "Chuqursoy" tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti orqali xorij bozorlariga quritilgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini amalga  oshirayotgan tadbirkorlarga amaliy yordam berish maqsadida eksportga ortish jarayonlari bilan tanishishdi.

Tadbirkorlarning eksport qilishdagi muammolari tinglandi, ularga yangi qabul qilingan me’yoriy hujjatlar mazmun-mohiyati tushuntirilib, bojxona xodimlari kunu tun eksportyor korxonalarga amaliy yordam berishga tayyor ekanligi ta’kidlandi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, joriy yilning o‘tgan 5 oyi davomida Toshkent shahar bojxona postlari orqali 768 million AQSH dollari qiymatidagi 664 ming tonna qishloq xo‘jaligi mahsulotlari xorijga eksport qilingan.

Albatta, eksport jarayonlarining faollik bilan amalga oshirilishi mamlakatimiz iqtisodiy barqarorligi va aholi farovonligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi. Bu yo‘lda astoydil mehnat qilib, milliy mahsulotlarimizni chetga eksport qilayotgan tadbirkorlarga kuch-g‘ayrat yor bo‘lsin deymiz.

Izzat Sirojiddinov,

"Chuqursoy" bojxona posti inspektori