Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachilar bellashdi
11:55 / 2025-06-12

Jizzax viloyati bojxona boshqarmasi xodimlari o‘rtasida sportning yengil atletika turi bo‘yicha “Bojxona qo‘mitasi Raisi kubogi” respublika musobaqasining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 19 noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori doirasida Jizzax viloyatida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, aholining jismoniy faolligini oshirish, ommaviy sportni rivojlantirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu borada bojxona organlari xodimlari ham faol ishtirok etayotganini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

Viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari o‘rtasida Jizzax Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida bo‘lib o‘tgan bahslarda bojonachilar 100, 400 va 3000 metr masofaga yugurish, shuningdek, uzunlikka sakrash yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdi. Har bir yo‘nalishda qatnashchilar o‘z jismoniy tayyorgarligi, tezkorligi va bardoshlarini sinovdan o‘tkazishdi.

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblar aniqlanib, ular orasidan “Bojxona qo‘mitasi Raisi kubogi” mamlakat final bahslarida Jizzax viloyati sharafini himoya qiladigan eng munosib xodimlar saralab olindi.

Musobaqaning viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilarning kubok va diplomlari bilan taqdirlandi.

A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari