Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachi xotin-qizlar taqdirlandi
13:43 / 2022-03-07

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan yig‘ilish o‘tkazildi.

Tadbirda boshqarma boshlig‘i O.Xojimatov yig‘ilganlarni bayram bilan tabriklab, bugungi kunda barcha sohalarda, shu jumladan bojxona boshqarmasida xotin-qizlar fidokorona mehnat qilayotganini ta’kidlandi. Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, xususan, mo‘’tabar ayol zotiga har tomonlama e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatish, opa-singillarimizning davlat va jamiyat hayotida tutgan o‘rni va nufuzini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi.

Tadbir davomida sohada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlarga bayramona tuhfalar topshirilishi bilan bir qatorda, tizim xodimalari o‘rtasida o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘olib va sovrindorlari ham munosib taqdirlandi.

Dovud Abibullayev, O‘zA