French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachi tadbirkorga ko‘makchi
15:37 / 2023-07-18

Bojxona qo‘mitasi mutasaddilari tomonidan hududiy boshqarmalar faoliyatini o‘rganishga qaratilgan navbatdagi sayyor tadbir Buxoro viloyati bojxona boshqarmasida bo‘lib o‘tdi.

Unda Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i R.Akramov boshchiligidagi ishchi guruh vakillari tomonidan Buxoro viloyati bojxona boshqarmasining “Olot”, “Xo‘jadavlat”, “Qorako‘l” TIF hamda “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari faoliyatini o‘rganishga va chegara bojxona postlari infratuzilmasini yaxshilash hamda bojxona postlari o‘tkazuvchanlik qobiliyatini xalqaro tajribalarni qo‘llagan holda oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Sayyor qabul doirasida bojxona organi mutasaddilari bojxona postlari faoliyati hamda xodimlarning kasbiy mahorati o‘rganildi. Tahlil etish barobarida Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi otalig‘idagi Qorako‘l “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun erkaklar internat uyida davolanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishildi.

Shuningdek, ishchi guruh vakillari hamda erkaklar va ayollar uchun ofis kiyimlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan “OFS” MCHJ mas’ullari o‘rtasidan ochiq muloqot ham tashkil etildi. Uchrashuv doirasida korxona vakillari eksport va import jarayonida samarali hamkorlik uchun bojxona organlaridan minnatdor ekanliklarini ta’kidlashdi. Bojxona qo‘mitasi vakillari ishlab chiqarish jarayoni bilan tanishtirildi.

Ma’lumot uchun, bugungi kunda 120 nafar ishchi o‘rniga ega bo‘lgan mazkur korxona tomonidan joriy yil boshidan buyon 4 million dollar qiymatdagi 37 tonna mahsulotlar Germaniya davlatiga eksport qilingan.

Z.Komilov, O‘zA