Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari N.Musamuxamedov Navoiy erkin iqtisodiy zonasida bo‘lib, bu yerda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar bilan bojxona sohasiga oid normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ularni qiynab kelayotgan muammolar haqida suhbatlashdi.
“AKFA EXTRUSIONS” MCHJ hamda “TIONHE” MCHJ XK vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda asosiy e’tibor mamlakatimizda tadbirkorlik sub’ektlari uchun bojxona sohasida yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar bilan birga sohada mavjud muammolarni bartaraf etishga qaratildi. Shuningdek, tadbir doirasida “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimi va “Eksport uch qadamda” tizimining afzalliklari hamda tadbirkorlarga yaratib berilayotgan imkoniyatlar xususida batafsil ma’lumotlar berib o‘tildi.

Jumladan, “TIONHE” MCHJ XK tomonidan 2024 yil yanvar-oktyabr oylari davomida 394,1 ming AQSH dollarlik mahsulot eksport qilgan bo‘lib, eksportbop mahsulotlarning asosiy ulushini balusters va panjaralar, granit plitasi tashkil etadi.

“AKFA EXTRUSIONS” MCHJ tomonidan esa joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 31,1 million AQSH dollarlik tovar eksport qilgan. Bunda PVX va alyuminli profillar, shuningdek, PVX deraza tokchasi kabi mahsulotlar asosiy o‘rin tutmoqda.

Uchrashuvlarda tadbirkorlarning xom ashyolarni import qilish, tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimiga rasmiylashtirish, tovarlarga nisbatan dastlabki qaror qabul qilish bo‘yicha o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob berildi.
A.Bo‘riyev, O‘zA muxbiri