Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachi - tadbirkor tayanchi
19:28 / 2023-01-26

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati bojxona boshqarmasi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy-ijtimoiy islohotlarga hamohang tarzda samarali faoliyat yuritmoqda.

O‘tgan 2022 yil davomida boshqarma tomonidan jami 1 trillion 537,3 milliard so‘m miqdorida bojxona to‘lovlari hisoblandi. Shuningdek, jami 727 ta qonunbuzilish holatlari aniqlanib, ular bo‘yicha 36 milliard 414,3 million so‘mlik tovar-moddiy boyliklar huquqbuzarlik ashyosi sifatida vaqtincha saqlovga olingan.  

[gallery-10384]

Boshqarmada 2022 yilning 30 apreldan boshlab bojxona yuk deklaratsiyalarini “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlarida rasmiylashtirish tartibi joriy etildi.  

Bojxona postida tadbirkorlar tomonidan 2022 yil davomida jami 29984 ta bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgan. Bojxona yuk deklaratsiyalari xavfni boshqarish tizimi orqali 8834 ta yashil, 10887 ta sariq hamda 8263 ta qizil yo‘laklarga ajratgan xolda masofaviy elektron tarzda, bojxona posti inspektorga kelib tushgan va bojxona inspektori bilan tadbirkor o‘zaro ko‘rishmasdan rasmiylashtirilgan. Bu o‘z o‘rnida, tadbirkorni vaqtini hamda mablag‘ini tejash bilan birga bojxona tizimida korrupsiyani oldini oladi. 

Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA