Русский
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachi firibgarlik qilgani uchun qo‘lga olindi
16:46 / 2021-09-15

Buxoro viloyati huquqni muhofaza qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan joriy yil 11 sentyabr kuni tezkor tadbir o‘tkazildi.

Natijada taxminan soat 21:10 larda Buxoro shahar, Mustaqillik ko‘chasida joylashgan “Shafran” kafesi oldida, “Qorako‘l” tashqi iqtisodiy faoliyati bojxona postining Bojxona ko‘rigi va rasmiylashtiruvi guruhi katta inspektori xizmat mavqeyidan foydalanib, o‘zga bir fuqaroni aldab, uning ishonchiga kiradi. Bojxona postida ishlovchi yuqori lavozimdagi tanishlari orqali uning Turkmaniston Respublikasi hududidan keladigan yuk vagonlarini kompleksda turmagan deb ko‘rsatib, kunlik omborxona to‘lovlari to‘lanmaydigan holda deklaratsiya rasmiylashtirib berishni va’da beradi. Evaziga undan talab qilgan 400 AQSH dollarini o‘ziga tegishli bo‘lgan “Lasetti” avtomashinasi salonida olgan vaqtida qo‘lga olinadi.  

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JK.ning 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Zarif Komilov, O‘zA