Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxonachi ayollar e’tirof etildi
13:51 / 2023-03-08

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasida videokonferensaloqa tarzida bo‘lib o‘tgan bayram yig‘ilishida Bojxona qo‘mitasi Raisi A.Mavlonovning tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlarga yo‘llagan bayram tabrigi tinglanib, mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligi yo‘lida amalga oshirgan samarali mehnati, xizmat faoliyati davomida erishgan yutuqlari uchun bir guruh ayol xodimlar munosib taqdirlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi shaxsiy tarkibining 10 foizdan ortig‘ini ayollar tashkil etib, ular bugun mamlakatimiz sarhadlaridagi chegara bojxona postlarida, tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postlarida hamda boshqarma apparatida samarali xizmat qilmoqda. Bojxona organlarida xotin-qizlar nufuzini oshirish, gender tenglik masalalariga qaratilayotgan e’tibor bugun o‘z natijasini bermoqda. Xususan, o‘tgan yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi katta inspektori Sh.Jumaniyozova Prezidentimiz farmoniga binoan “Do‘stlik” ordeni bilan taqdirlangan bo‘lsa, kuni kecha Xo‘jayli chegara bojxona posti katta inspektori L.Rasulova “Sodiq xizmatlari uchun” medali bilan mukofotlandi.

Tantanali yig‘ilishda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasida xizmat qilayotgan ayol xodimalar muddatidan oldin maxsus unvon, “Bojxona xizmati III darajali a’lochisi”, faxriy yorliq va tashakkurnomalar bilan taqdirlandi. Shuningdek, bayram arafasida bojxona organlari ayol xodimalari o‘rtasida sportning stol tennisi, badminton va shashka turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar ishtirokchilariga esdalik sovg‘alari berildi.

E’tibor va e’tirof barcha xotin-qizlarni kelgusida hamisha o‘z intellektual salohiyati, butun kuch va g‘ayratini ishga solib, davlatimiz ravnaqi yo‘lida fidoiy xizmat qilishiga turtki bo‘ladi.  

Dovud ABIBULLAEV,

O‘zA muxbiri