Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona yuk deklaratsiyasida noto‘g‘ri ko‘rsatilgan 1 milliard 200 million so‘mlik tovarlar aniqlandi
15:00 / 2023-01-16

Mamlakatimizga import qilinayotgan tovarlarning bojxona to‘lovlarini to‘g‘ri va to‘liq undirish hamda davlat byudjetiga o‘tkazilishini ta’minlash bojxona organlarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.

Bojxona to‘lovlarini to‘lamaslik maqsadida tovarlarni boshqa nom bilan yoki ularni miqdorini kamaytirib ko‘rsatilishiga qarshi kurash bojxona organlari tomonidan tizimli ravishda olib borilmoqda.  

Jumladan, Farg‘ona viloyati bojxona boshqarmasi “Qo‘qon” tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona posti xodimlari tomonidan Qo‘qon shahrida faoliyat yuritayotgan korxona nomiga xorijdan olib kelingan tovarlarni ushbu hududda joylashgan “Agroo Green Life” ochiq turdagi bojxona omborida jamiyat ishonchli vakili ishtirokida tovarlarni “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi asosida bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. 

Ko‘rik jarayonida hujjatlarda ko‘rsatilgan elektr velosiped hamda velosiped shinalari tovarlari bojxona ekspertizadan o‘tkazildi. Natijada, hujjatlarda elektr velosiped hamda velosiped shinalari deb ko‘rsatilgan bu tovarlar skuterlar hamda mototsikl shinalari ekanligi hamda TIF TN kodi bojxona yuk deklaratsiyasida noto‘g‘ri ko‘rsatilgani aniqlandi.  

Holat yuzasidan umumiy qiymati 1 milliard 234 million 800 ming so‘mlik shinalar vaqtincha saqlovga olindi.  

Mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

 

O‘zA