Hukumatning tegishli qarori (№700, 09.11.2020 y) bilan, bojxona yig‘imlari stavkalari tasdiqlandi.
Qarorga ko‘ra, yangi bojxona yig‘imlari stavkalari quyidagilarni nazarda tutadi:
- davlat bojxona xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladigan pulli xizmatlar turlarini kengaytirish hamda qat’iy belgilangan bojxona yig‘imlari stavkalari belgilanadi;
- ruxsat etuvchi xususiyatdagi hujjatlarni berish bilan bog‘liq ayrim turdagi bojxona yig‘imlari bekor qilinadi va ular xalqaro standartlarga muvofiqlashtiriladi;
- tovarlarni “bojxona hududida qayta ishlash” va “bojxona hududidan tashqarida qayta ishlash” bojxona rejimlarida rasmiylashtirganlik uchun bojxona yig‘imi stavkalari pasaytiriladi;
- bojxona nazorati ostida tashilayotgan tovarlarni yetkazib berish muddatiga rioya qilmaslik uchun ma’muriy javobgarlik o‘rniga moliyaviy chora sifatida bojxona yig‘imi joriy etiladi.
- Kelib tushgan bojxona yig‘imlari summasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan belgilangan miqdordagi ajratmalar Davlat bojxona qo‘mitasining byudjetdan tashqari fondiga va Jahon bojxona tashkilotiga har yilgi a’zolik badali summasi chiqarib tashlangan holda, belgilangan tartibda respublika byudjeti daromadiga o‘tkaziladi.
Shuningdek, qaror bilan 1999 yil 30 aprelda tasdiqlangan bojxona yig‘imlari stavkalari o‘z kuchini yo‘qotdi.
Avvalgi bojxona stavkalari bilan solishtiradigan bo‘lsak, ayrim miqdorlarda o‘zgarishlar bo‘lganini ko‘rish mumkin. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi hududida bitta transport vositasini bojxona tomonidan kuzatib borganlik uchun, 200 km.gacha masofa uchun 50 yevroga teng miqdorda, 200 km. dan ortiq masofa uchun 120 yevroga teng miqdorda to‘lov undirilgan.
Yangi tasdiqlangan stavkalarga ko‘ra, ushbu miqdor 200 km.gacha masofa uchun BHMning 2 baravari (446 ming so‘m), 200 km. dan ortiq masofa uchun BHMning 5 baravari 1 mln 115 ming so‘m etib belgilandi.
Yangi tasdiqlangan bojxona stavkalari bilan quyida tanishishingiz mumkin:


