Bojxona yigʻimlarini takomillashtirish: muammolar va yechimlar
Mexroj Bobirovich SIROCHEV oʻqituvchi Bojxona qoʻmitasining Bojxona instituti Toshkent, Oʻzbekiston
Annotatsiya
Maqolada bojxona yigʻimlari tizimini takomillashtirish masalalari tahlil qilingan. Jumladan, bojxona yigʻimlarining mamlakat iqtisodiyotiga taʼsiri, undirish jarayonidagi mavjud muammolar va ularni hal qilish yoʻllari oʻrganilgan. Shuningdek, ilgʻor xalqaro tajribalar asosida bojxona yigʻimlarini yanada samarali va shaffof tizimga aylantirish boʻyicha tavsiyalar berilgan.
Tayanch soʻzlar: bojxona yigʻimlari, tashqi iqtisodiy faoliyat, xalqaro standartlar, optimallashtirish, implementatsiya, bojxona yigʻimlari stavkalari.