Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bojxona boshqarmasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Elektromagnit sig‘im xizmati bilan hamkorlikda bojxona chegaralari orqali xorijiy davlatlardan radioelektron uskunalarni olib o‘tish yo‘nalishida hamkorlikni yanada takomillashtirish hamda uchrayotgan muammoli vaziyatlar bo‘yicha o‘quv-seminar o‘tkazildi.
Tadbirda bojxona organlari xodimlariga qonunchilikdagi yangiliklar, zamonaviy radiochastota uskunalari hamda bojxona chegaralari orqali xorijiy davlatlardan olib kirilishiga ruxsat etilgan diapazonlari haqida ko‘rgazmali vositalar yordamida keng tushunchalar berildi. Shuningdek, bojxona chegaralari orqali xorijiy davlatlardan radioelektron uskunalarni olib o‘tish jarayonida uchrayotgan muammoli holatlar va ularni bartaraf etish yo‘llari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, bojxona xodimlariga bu kabi o‘quv mashg‘ulotlar yangilanayotgan davrda yangi texnologiyalar bo‘yicha o‘z bilim ko‘nikmalarini, malakasini oshirib borish bojxona sohasidagi xizmatlarining yanada samarali bo‘lishini ta’minlaydi.
Tadbir so‘nggida bojxona organlari va Elektromagnit sig‘im xizmati o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda kelgusida bojxona nazorati samaradorligini oshirish borasida bir qator vazifalar belgilab olindi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri