Bojxona xodimlari mini futbolda bahslashdi
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona xodimlari o‘rtasida mini futbol bo‘yicha “Boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasi tashkil etildi.
Soha xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilgan musobaqa qizg‘in va ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Bunday tadbirlar, nafaqat sport maydonidagi kuch-g‘ayratni, balki jamoaviy hamjihatlikni ham namoyon etadi.

“Vatan uchun, xalq uchun, millat uchun" shiori ostida o‘tkazilgan musobaqada boshqarma apparati va boshqarma tasarrufidagi bojxona postlari xodimlaridan tashkil topgan jami 6 ta jamoa ishtirok etdi.

O‘yin natijalariga ko‘ra, g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga bayram sovg‘alari topshirildi. Boshqarma boshlig‘i kubogini esa “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l bojxona posti jamoasi qo‘lga kiritdi.
Dovud Abibullayev,
O‘zA muxbiri