English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona xodimlari farzandlari o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi
17:26 / 2025-05-31

Bojxona institutida 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Bojxona qo‘mitasida xizmat qilayotgan xodimlarning farzandlari o‘rtasida sport musobaqasi tashkil etildi.

Tadbirda Bojxona qo‘mitasi raisi o‘rinbosari O.Choriyev ishtirok etib, barcha bolajonlarni 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni bilan qizg‘in muborakbod etdi.  

Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda 100 nafarga yaqin bolajonlar sportning shashka, shaxmat, kubik-rubik yig‘ish va 100 metrga yugurish turlari bo‘yicha bahslashdi.

Shu bilan birga, bolajonlar ota-onalari xizmat qilayotgan bojxona sohasi bilan yanada yaqindan tanishish va yangi do‘stlar orttirish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.  

G‘oliblarga diplom, medal va velosipedlar sovg‘a qilindi.

Tadbir davomida Bojxona instituti ansambli ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, kursantlarning jangovar ko‘rgazmali chiqishlari va ertak qahramonlarining ishtiroki bolajonlarga bir olam zavq ulashdi.  

Tadbir davomida kitobsevar bolajonlar uchun kitob yarmarkasi ham tashkil qilindi.

Sh.Mamaturopova,

O‘zA