Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona to‘lovlaridan qochmoqchi edi…
16:23 / 2024-03-12

“Buxoro” TIF bojxona postiga xorijiy davlatdan import tariqasida olib keltirilgan yuklar “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun aynan bojxona to‘lovlaridan imtiyoz qo‘llanadigan tovar TIF TN kodi tasniflangan holda bojxona yuk deklaratsiyasi taqdim etilgan.

Mazkur holat “Xavfni boshqarish” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali “qizil” yo‘lakka yo‘naltirildi va tegishli tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazilgan. 

Bojxona ko‘rigi davomida Tovarlarni klassifikatsiyalash guruhi tomonidan o‘tkazilgan ekspertiza asosida mazkur yuklarning TIF TN kodlari bojxona to‘lovlari mavjud tovar ekanligini ko‘rsatdi. Natijada bojxona organlari tomonidan taqdim etilgan imtiyozlardan noo‘rin foydalanishning oldi olindi. 

Mazkur qonunbuzarlik holati o‘z vaqtida bartaraf etilishi natijasida 324 million so‘mlik bojxona to‘lovlarining davlat byudjetiga undirilishi ta’minlandi. 

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri