Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona to‘lovlaridan bo‘yin tovlashga bo‘lgan urinishga chek qo‘yildi
11:01 / 2023-04-27

Toshkent shahar bojxona boshqarmasi axborot xizmatining xabar berishicha, tovar-moddiy boyliklarining yurtimiz hududiga noqonuniy yo‘llar orqali olib kirilishiga qarshi kurashish borasida bojxona organlari tomonidan tizimli choralar ko‘rilmoqda.

Toshkent shahar bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda “Sirg‘ali” bojxona posti xodimlari hamkorlikda xorijdan keltirilgan va erkin muomalaga chiqarish bojxona rejimiga rasmiylashtirish uchun taqdim etilgan "etilen polimer" tovarlarini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazdi.  

Natijada yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida va bojxona yuk deklaratsiyasida tovarlarning tashqi iqtisodiy faoliyat tovar kodlari noto‘g‘ri ko‘rsatilgani aniqlanib,  495 million so‘mlik mazkur tovarlar vaqtincha saqlovga olindi.  

Tovarlarga nisbatan 39 million so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.  

Hozirda mazkur holat yuzasidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.  

Sh.Mamaturopova,

O‘zA