Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona to‘lovlari undirildi
12:12 / 2022-11-07

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Buxoro TIF” bojxona posti xodimlarining say’-harakati bilan 104 million 277 ming so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlarining davlat byudjetiga undirilishi ta’minlandi.

Unda Rossiya Federatsiyasidan mamlakatimiz hududiga olib kirilayotgan gazni qayta ishlash korxonalarida qo‘llaniladigan ehtiyot qismlarni “Erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga joylashtirish maqsadida taqdim etilgan bojxona yuk deklaratsiyasi “Qizil yo‘lak”ka yo‘naltirilganligi sababli tegishli ko‘rikdan o‘tkazildi.

Natijada tovarning TIF TN kodi va deklaratsiyada ko‘rsatilgan ma’lumotlarning o‘zaro mos emasligi tasdiqlandi. Qo‘shimcha bojxona to‘lovlari undirilishi belgilandi.  

Ma’lumot uchun, birgina “Buxoro tashqi iqtisodiy faoliyat” bojxona posti tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida 9 milliard 277 million so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari davlat byudjetiga undirilgan.

 

Zarif Komilov, O‘zA