Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona: tizimdagi islohotlar natijalari
19:43 / 2023-08-31

Bojxona tizimidagi islohotlar natijasida bojxona rasmiylashtiruvi, ma’lumotlarni qayta ishlash markazlari, masofaviy elektron deklaratsiyalash posti, “Call-markaz”, targetlash va xavflarni boshqarish bo‘limlari tashkil etildi.

Axborot tizimi xorijiy davlatlar, mamlakatimiz vazirlik va idoralari, tashqi iqtisodiy faoliyat vakillari, aviakompaniyalar ma’lumotlari bilan integratsiya qilindi.  

Bugungi kunda bojxona tizimida yuqori malakali ofitserlar yetishib chiqdi. Davlat rahbariyati doimo bojxona xizmati xodimlarini rag‘batlantirib, eng munosiblarini davlat mukofotlari bilan taqdirlab kelmoqda.    

Bugungi kunda takomillashgan infratuzilmaga ega bo‘lgan  bojxona xizmati mamlakatimiz iqtisodiy xavfsizligini  himoya qilishni ta’minlaydigan muhim davlat boshqaruv tizimlaridan  biriga aylandi.  

Mamlakatimiz rahbari tomonidan amalga oshirilgan keng ko‘lamli tizimli islohotlar doirasida bojxona sohasida tadbirkorlarning takliflari inobatga olinib, ruxsat berish tartib - taomillari keskin qisqartirildi.  

Eksportga yuklarni rasmiylashtirishda “Yagona darcha” tamoyili joriy qilindi. Bojxona yuk deklaratsiyalarini masofaviy elektron shaklda rasmiylashtirish yo‘lga qo‘yildi.

Bojxona yuk deklaratsiyasini  elektron tarzda taqdim etish natijasida  tadbirkorlar tomonidan har yili bojxona yuk deklaratsiyalarining qog‘oz blankalari uchun sarflangan 1,3 milliard so‘m miqdoridagi xarajat iqtisod qilindi. (Ya’ni shu mablag‘ tadbirkorlar ixtiyorida qoldi).  

Shuningdek, bojxona yuk deklaratsiyasiga ilova hujjatlarini (invoys, nakladnoy, kontrakt va boshqalar) elektron shaklda taqdim etish natijasida har yili tadbirkorlar tomonidan  60 tonna qog‘oz iqtisod qilingan.  Eng muhimi, tovarlarning bojxona rasmiylashtiruvi va nazorati uchun sarflangan vaqt qarayb  5 martaga qisqargan.  Iqtisodiy o‘sish uchun muqobil shart-sharoitlarni yaratish,  xususan, xalqaro savdo  rivojlanishiga qulay shart –sharoitlar yaratildi.

Aholi  xavfsizligini ta’minlash eng muhim strategik vazifalardan biri hisoblanadi. Shu bois inson manfaatlarini xalqaro darajada muhofaza qilish, aholini sifatsiz oziq-ovqat mahsulotlari, dori-darmonlar va boshqa kontrafakt tovarlardan himoya qilishning zarur choralari ko‘rildi. Qo‘shni mamlakatlar bilan mamlakatimiz aholisining manfaatlariga mos ravishda,  chegara hududlar bilan o‘zaro manfaatli shartnomalar imzolandi.

Chegara o‘tkazish punktlari va davlat chegara xizmatlarining “Yagona darcha” tamoyili asosida integratsiyalashuvi va muvofiqlashtirilishini ta’minlovchi  yagona  elektron tizim joriy etildi. Shuningdek,  sertifikatlash tizimi to‘liq elektron shaklga o‘tkazildi.

Bojxona organlari tomonidan fiskal vazifalarni amalga oshirishning samarali usullari ishlab chiqildi.  Bojxona auditi va xavfni boshqarish tizimlarini amaliyotga joriy etish mexanizmlari yaratildi. Bojxona rasmiylashtiruvi jarayonida tovarlarga tegishli hujjatlarni taqdim etishning soddalashtirilgan usullari ishlab chiqildi.  

Bojxona rasmiylashtiruviga taqdim etiladigan hujjatlar optimallashtirildi va soddalashtirildi. TIF ishtirokchilari, bojxona yuk deklaratsiyasining maqomi hamda uning qaysi yo‘lakka joylashtirilgani to‘g‘risida real vaqt rejimida ma’lumot olish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Bojxona amaliyotida xavfni boshqarish tizimini qo‘llashning samarali usullari yaratildi. Natijada bojxona rasmiylashtiruviga sarf bo‘ladigan muddat 50 foizga qisqardi.  

Shuningdek, bojxona ishini jahon andozalari talablariga  javob beradigan, professional bojxona xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi joriy etildi.

Bojxona instituti bunda muhim ahamiyat kasb etib, sohaga yetuk kadrlarni yetkazib bermoqda. Mazkur ta’lim dargohida o‘quv dasturlari fanlar yo‘nalishlari bo‘yicha integratsiya qilindi. 2023-2024 yangi o‘quv yiliga ham katta tayyorgarlik ko‘rildi.  

Qurbonqul Karimqulov,

Bojxona instituti  kafedra  mudiri,

texnika  fanlari doktori,  professor.

O‘zA