English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona terminaliga zamonaviy laboratoriya uskunalari o‘rnatildi
10:26 / 2026-01-19

Keyingi yillarda O‘zbekiston va Janubiy Koreya o‘rtasida sanoat, qishloq xo‘jaligi, ilm-fan, ta’lim, umuman, juda ko‘p yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalari kengayib bormoqda.

O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi hamda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) ishtirokida amalga oshirilayotgan “O‘zbekiston Respublikasi fitosanitariya xizmati salohiyatini rivojlantirish va o‘simliklar karantini chegara punktlarini takomillashtirish” qo‘shma loyihasi ham ana shu yo‘nalishdagi ishlardan biri hisoblanadi. 

Loyihasi doirasida Andijon viloyatidagi O‘zbekiston va Qirg‘iziston Respublikalari o‘rtasidagi “Do‘stlik”  chegara bojxona terminaliga zamonaviy laboratoriya uskunalari o‘rnatildi. 

Bojxona terminalini o‘zida koreyalik mutaxassis-muhandislar ishtirokida uskunalarni o‘rnatish, ishga tushirish hamda ulardan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy seminar-trening o‘tkazildi. 

– Bojxona terminaliga o‘rnatilgan yangi uskuna va texnologiyalar import, eksport jarayonlarida fitosanitar xavf tahlillarining aniqligi va tezkorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi, – deydi Andijon viloyati O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi Tashqi karantin bo‘limi bosh mutaxassisi Asqarjon Abduqodirov. – Qolaversa, yangi texnologiyalar milliy fitosanitariya nazorati tizimini takomillashtirish, xalqaro standartlarga moslashishiga yordam beradi. 

Seminar-trening davomida viloyat O‘simliklar karantini va himoyasi boshqarmasi mutaxassislari koreyalik hamkasblari bilan o‘zaro tajriba almashdi, ilg‘or xorijiy tajribalar, ish uslublari haqida keng ma’lumotlar oldi. 

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (surat),

O‘zA muxbirlari.