Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona: soddalashtirilgan tizim qulayliklari
14:14 / 2022-03-30

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasida matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda o‘tgan yil davomida amalga oshirilgan ishlar, shuningdek, hozirgi kunda mamlakatimizda epidemiologik vaziyat barqarorlashganligi bois bir qator chegara o‘tkazish punktlari faoliyati fuqarolar harakati bo‘yicha qayta tiklanganligi natijasida jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tish normalari haqida ma’lumot berildi.

Ta’kidlanganidek, o‘tgan yil davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan qiymati 431 million AQSH dollariga teng mahsulot eksport bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan. Umumiy qiymati 646,66 million AQSH dollarini tashkil etuvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tashqi savdo aylanmasining 66 foiz tovarlar eksportiga to‘g‘ri keladi. Asosan polietilen, artemiya sistasi, kunjut mahsulotlari, paxta tolasi, propilen, qizilmiya ildizi va uning ekstrakti, ip kalava, kalsinirlangan soda hamda teri mahsulotlari dunyoning Turkiya, Xitoy, Rossiya, Latviya, Qozog‘iston kabi bir qator davlatlariga eksport qilindi.

Texnologik asbob-uskunalar, kimyo sanoati mahsulotlari, yog‘och va taxta, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari kabi umumiy qiymati 215,45 million AQSH dollariga teng mahsulotlar boshqarma tomonidan import bojxona rejimiga rasmiylashtirildi.

Shuningdek, joriy yilning o‘tgan davri davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan bojxona organlarining o‘z fiskal vazifalarini amalga oshirish doirasida bojxona to‘lovlaridan 334 milliard 511 million so‘m pul mablag‘i davlat byudjetiga o‘tkazilganligi ta’kidlandi.

Hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik sub’ektlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha belgilangan har bir vazifa ijrosini so‘zsiz ta’minlash maqsadida, bojxona organlari tomonidan tadbirkorlarga qulaylik sifatida jami 268 milliard 600 million so‘m miqdorida bojxona to‘lovidan imtiyoz qo‘llanildi. Bojxona yuk deklaratsiyalarini ro‘yxatga olishga ilgari o‘rtacha hisobda 2-3 soat vaqt sarflangan bo‘lsa, hozirda avtomatlashtirish natijasida jarayon 5-10 daqiqada bajarilmoqda.

Hisobot davrida bojxona sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining buzilishi bilan bog‘lik 381 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, qiymati 15 milliard 858 million so‘mlik tovar-moddiy boylik ashyoviy dalil tariqasida ushlab qolindi. Shundan, jami 14 ta holatda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘qotar sovuq qurollar toifasidan 6 dona o‘q-dori, 2418 dona gilza, 1,15 kg drobning noqonuniy tarzda bojxona chegaralari orqali kirib kelishi va noqonuniy aylanmada bo‘lishining oldi olindi hamda tegishli tartibda qonuniy choralar ko‘rildi. Shuningdek, mazkur davr mobaynida jami 15 holatda 37 242 dona pirotexnika vositasining noqonuniy olib kirilishiga chek qo‘yildi.

Matbuot anjumani davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 6 fevraldagi “Jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib o‘tishni yanada tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va unda belgilangan normalar tadbir ishtirokchilariga batafsil tushuntirildi.

Tadbir yakunida OAV vakillari, jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga soha xodimlari tomonidan javob berildi.

[gallery-6362]

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA