Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona rejimi ostida elektronika mahsulotlarini qayta ishlash masalasi muhokama qilindi
12:46 / 2025-08-26

O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida o‘zaro amaliy hamkorlik so‘nggi yillarda tobora kengayib, mustahkam institutsional asoslarga ega bo‘lib bormoqda. Xususan, 2025 yilning 6 oyi davomida O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi savdo aylanmasi 7,7 milliard AQSH dollaridan oshdi. Bu esa 2024 yilning shu davriga nisbatan 17 foizga o‘sganidan dalolat.

Bojxona qo‘mitasida Xitoy Xalq Respublikasining Elektronika savdo palatasi prezidenti Vang Ning boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Qo‘mita raisi o‘rinbosari N.Musamuhammedov mehmonlarni yurtimizga tashrifi bilan qutlab, asosiy masala sifatida «bojxona hududida qayta ishlash» – bojxona rejimi ostida elektronika mahsulotlarni qayta ishlash hamda eksport qilish istiqbollari muhokama qilindi, deyiladi Bojxona qo‘mitasi ma’lumotida.

Tadbirkorlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i I.Pardayev «Elektronika sohasida nufuzli brend hamda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda bojxona hududida qayta ishlash rejimidan foydalanish tartibotlari» mavzusida taqdimot qildi. Unda mazkur rejimda ishlash talablari hamda afzalliklari batafsil ko‘rsatib o‘tildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yanada faollashtirish va muhokama qilingan loyihalarni tez fursatda amalga oshirish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishga kelishib oldilar.

A.RUSTAMOV, O‘zA