“Bojxona qo‘mitasi raisi kubogi”da sovrindorlar aniqlandi
“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi qonunga asosan 26 yanvar – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati xodimlari kuni etib belgilangan.
Kuni kecha ushbu sana munosabati bilan shaxmat bo‘yicha “Bojxona qo‘mitasi raisi kubogi” bahslari ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Bojxona qo‘mitasining Harbiy safarbarlik, jangovar tayyorgarlik va qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan mazkur musobaqada hududiy saralash bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 100 nafardan ortiq sportchi xodimlar g‘oliblik uchun kurash olib bordi.

Qiziqarli kechgan “aql janglari” sarhisobiga ko‘ra, birinchi o‘rin Bojxona instituti kursanti D.Nugmanovga, 2-o‘rin Qashqadaryo viloyati xodimi B.Boymuratovga, uchinchi o‘rin esa Toshkent viloyati xodimi B.Allanazarovga nasib etdi.
G‘olib va sovrindorlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
T.Ro‘ziyev,
O‘zA