Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona qoidabuzarligi fosh etildi
11:53 / 2026-02-13

Buxoro viloyat bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan bojxona to‘lovlarini qasddan chetlab o‘tishga qaratilgan navbatdagi qonunbuzarlik holati o‘z vaqtida aniqlandi.

Tekshiruv jarayonida ma’lum bo‘lishicha, “Buxoro” TIF bojxona posti hamda tovarlarni klassifikatsiyalash bo‘yicha mas’ul xodimlar tomonidan xorijiy davlatlardan import qilingan tovarlar va ularning TIF TN (Tashqi iqtisodiy faoliyat tovar nomenklaturasi) kodlari o‘rtasidagi nomutanosibliklar yuzasidan gumon paydo bo‘lgan.

Mazkur holatga oydinlik kiritish maqsadida tovarlar belgilangan tartibda chuqurlashtirilgan bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Ko‘rik natijalariga ko‘ra, bojxona yuk deklaratsiyasida “hayvon yog‘i” deb rasmiylashtirilgan mahsulotlar aslida sut mahsulotlaridan olinadigan “GXI yog‘i” ekani aniqlandi. Bu esa tovar turini noto‘g‘ri ko‘rsatish orqali bojxona to‘lovlarini kamaytirishga urinish bo‘lganini tasdiqladi.

Natijada mazkur tovarlarga nisbatan qonunchilik talablariga muvofiq qo‘shimcha hisob-kitob ishlari amalga oshirilib, jami 253 million so‘m miqdorida qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi.

Ayni vaqtda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda. Barcha materiallar belgilangan tartibda huquqiy baho berish uchun tegishli organlarga taqdim etiladi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri