Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona postlari: imkoniyat, hamkorlik va amaliyot
07:35 / 2023-07-25

Mamlakatimizda bojxona postlarining ish samaradorligini oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining mavjud muammo va kamchiliklarini o‘rganish maqsadida sayyor uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.

Bojxona qo‘mitasining Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i R.Akramov va Bojxona to‘lovlari boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari B.Turdiyev Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi “Qoraqalpog‘iston” temir yo‘l, “Dovud-ota” chegara, “Nukus” TIF va “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postlari faoliyati bilan tanishdi.

Bojxona xodimlari bilan o‘tkazilgan ochiq suhbat davomida ularning dunyoqarashi, fikrlash doirasi, chet tillarini bilish saviyasi o‘rganilib, kelgusida jahon hamjamiyatida bojxona organlari nomini munosib himoya qila oladigan kadrlar zaxirasini yaratish masalalariga e’tibor qaratildi. 

Bojxona to‘lovlarini to‘g‘ri va to‘liq undirish, taqdim etilayotgan imtiyozlarning ko‘zda tutilgan muayyan maqsadlar yo‘lida ishlatilishini nazorat qilish masalalari bo‘yicha qoraqalpog‘istonlik bojxonachilar bilan suhbat o‘tkazildi. 

Mas’ullar Kegeyli tumanidagi “Lankomiya” MCHJ shaklidagi qo‘shma korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Noyob o‘simliklar sirasiga kiruvchi qizilmiya ildizidan tibbiyot va kosmetologiyada keng foydalaniladigan qizilmiya ekstraktini ishlab chiqarib, bugungi kunda dunyoning Xitoy, AQSH, Fransiya davlatlariga muntazam ravishda eksport qilayotgan ushbu korxonada 200 nafar mahalliy aholi ish bilan ta’minlangan. 
Uchrashuv davomida korxona mahsulotlarining bojxona rasmiylashtiruvi va nazoratida uchrayotgan muammolari tubdan o‘rganilib, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchisining fikr va takliflari tinglandi. 

Keyingi manzil – Chimboy tumanidagi erkaklar “Muruvvat uyi” bo‘ldi. Bu yerda 255 nafar nogironligi bo‘lgan erkak vasiylikka olingan. Nukus shahridagi ayollar “Muruvvat uyi” ga ham borildi. Mas’ullar muruvvat uylarida yaratilgan sharoit va imkoniyatlar bilan tanishish barobarida, mavjud muammo va kamchiliklarni o‘rganishdi. Ularni ijobiy hal etish choralari belgilab olindi. 

Dovud ABIBULLAEV, O‘zA