Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona posti xodimlari doim hushyor
16:46 / 2025-08-04

“Shahar bedarvoza emas”, degan naql bejiz aytilmagan. Mamlakatimiz sarhadlari, chegara hududlaridan tovar yoki boshqa vositalarni yurtimizga olib kirishga qarshi kurashish borasida huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan salmoqli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Namangan viloyati bojxona boshqarmasining “Namangan xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari tomonidan fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va qonunbuzarliklarning oldini olish maqsadida olib borilayotgan tizimli nazorat tadbirlari o‘z samarasini bermoqda.

Rossiya Federatsiyasidan “Sochi – Namangan” yo‘nalishi bo‘yicha aviareysda kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi “yashil” yo‘lakdan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini to‘ldirmasdan o‘tishga uringan. Biroq, uning harakatlari shubha uyg‘otganligi sababli bojxona nazoratidan o‘tkazildi.

Natijada, fuqaroga tegishli bo‘lgan sumka ichida xorijda ishlab chiqarilgan, tegishli ruxsatnomasiz olib kirilishi taqiqlangan pnevmatik to‘pponcha hamda uning 2000 dona o‘qlari borligi aniqlandi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan tegishli organlar tarafidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.