French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona: islohotlar raqam va faktlarda
19:46 / 2025-06-20

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasida joriy yilning o‘tgan davrida amalga oshirilgan ishlar yakuni va kelgusidagi rejalarga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan 2025 yilning o‘tgan besh oyida amalga oshirilgan ishlari sarhisob qilindi. Hisobot davrida 116 ta tadbirkorlik sub’ekti tomonidan 138,5 million AQSH dollari qiymatidagi tovarlar Turkiya, Qozog‘iston, Rossiya, Xitoy, Latviya, Estoniya va Pokiston kabi dunyoning 35ta mamlakatiga eksport qilingan. Eksport tarkibini plastmassa va rezina, to‘qimachilik, kimyo sanoati, oziq-ovqat, o‘simliklar va ulardan olingan mahsulotlar va boshqa tovarlar tashkil etgan. 133,7 million AQSH dollari qiymatidagi tovarlar import bojxona rejimiga rasmiylashtirilgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi tomonidan bojxona organlarining o‘z fiskal vazifalarini amalga oshirishi doirasida bojxona to‘lovlaridan 287 milliard so‘m mablag‘ davlat byudjetiga o‘tkazilgan. Davlatimiz rahbari va hukumatimiz tomonidan tadbirkorlik sub’ektlariga raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish orqali eksport hajmini oshirish va importni optimallashtirish yo‘lida qabul qilingan qonun hujjatlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, bojxona organlari tomonidan o‘tgan davrda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilariga jami 182 milliard 30 million so‘m miqdorida bojxona to‘lovlaridan imtiyoz qo‘llanilgan. Shuningdek, kechiktirib va bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati berilgan bojxona to‘lovlari 59,4 milliard so‘mni tashkil etgan.

[gallery-23985]

Joriy yil yanvar-may oylari davomida xavfni boshqarish avtomatlashtirilgan tizimi tomonidan jami 9 ming 965 ta bojxona yuk deklaratsiyasi rasmiylashtirilgan. Bojxona sohasiga ilg‘or innovatsion dasturlarning joriy etilishi natijasida bojxona nazoratiga taqdim etilgan va “yashil yo‘lak”ka yo‘naltirilgan 56,8 foiz tovarga nisbatan bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari amalga oshirilmadi. Buning natijasida halol tadbirkorlik sub’ektlari qo‘llab-quvvatlanib, tovarlarning o‘z manziliga tez fursatda yetkazilishi ta’minlandi. 

Hisobot davrida bojxona sohasiga oid qonunchilik hujjatlarining buzilishi bilan bog‘liq 334 ta huquqbuzarlik holati aniqlanib, qiymati 13 milliard 396 million so‘mlik tovar-moddiy boylik ashyoviy dalil tariqasida ushlab qolindi. Shundan jami 14 ta holatda O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Boshqarma xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalari, qurol-aslaha va o‘q dorilarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish yo‘nalishida ham bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Diniy ekstremizm, aqidaparastlikni targ‘ib qiluvchi adabiyotlar, audio-video mahsulotlarning noqonuniy ravishda kirib kelishiga qarshi kurashish yo‘nalishida hisobot davrida 3 ta holatda 103 dona ta’qiqlangan adabiyot aniqlangan.

Matbuot anjumani davomida ommaviy axborot vositalari vakillariga bojxona qonunchiligidagi o‘zgarish va yangilanishlar, xususan, “bojxona hududida qayta ishlash” bojxona rejimida tadbirkorlik sub’ektlari uchun yaratilgan sharoitlar ko‘rgazmali materiallar bilan tushuntirildi. 

Tadbir yakunida 27 iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh jurnalistlarga boshqarmaning tashakkurnoma hamda esdalik sovg‘alari topshirildi. 

Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), O‘zA