Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona hujjatlarining rasmiylashtirish muddati 3 kundan bir kungacha qisqartiriladi
15:28 / 2021-10-21

Mazkur qonun keyingi 2 yil ichida tadbirkorlar tomonidan ko‘tarilayotgan muammolarning yechimiga qaratilgan. Xo‘sh hujjat bilan nimalar o‘zgarmoqda?

Bojxona hujjatlarining rasmiylashtirish muddati 3 kundan bir kungacha qisqarmoqda.

Tovar va transport vositalarini bojxona rejimiga joylashtirish bekor qilinyapti.Qayta ishlash natijasida hosil bo‘lgan tovarlarni bojxonadan chiqarish vakolatli shaxslar tomonidan amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yiladi. Avval bojxona o‘zi istagan narxni qo‘yib, tadbirkorlar manfaati inobatga olinmas edi.

Bojxona tizimiga vakolatli iqtisodiy operator instituti joriy etilmoqda. Bu bojxonadagi hisob-kitoblarda inson omilining aralashuvini cheklaydi.

Endilikda nafaqat aeroportlar balki, mamlakatimizning tarixiy shaharlari Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qo‘qon markazlarida bojsiz savdo qiluvchi “Duty Free” do‘konlari tashkil etiladi.Yana bir yangilik.

Bojxona tizimiga soliq solishdan ozod etiladigan tovarlar ro‘yxati kiritilmoqda. Bu tadbirkorlar uchun erkin tovar aylanishini kafolatlaydi.Shuningdek, tizimda appelyatsiya kengashi tashkil etilyapti.  

U shu kunga qadar tadbirkor bilan bojxona o‘rtasidagi mavjud nizolarni sudgacha hal qiladi hamda ortiqcha ovoragarchiliklarning oldi olinadi. Shu kabi 80 ga yaqin o‘zgarishlar ushbu qonunda o‘z aksini topgan.

 

 

Oliy Majlis Senatining

axborot xizmati