O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
Unga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.
Nizomda:
O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududidan olib chiqiladigan tovarning bojxona qiymatini aniqlash usullari va ularni qo‘llash tartibi;
moddiy tashuvchi orqali olib chiqiladigan raqamli mahsulotlarning bojxona qiymatini aniqlash masalalari;
deklaratsiyalanmasdan yoki deklaratsiyada noto‘g‘ri ko‘rsatilgan tovarlarning bojxona qiymatini aniqlash va qayta ko‘rib chiqish tartibi;
deklarant yoki bojxona brokeri tomonidan tovarning bojxona qiymatini aniqlash imkoni bo‘lmagan taqdirda, tovarlarni shartli chiqarib yuborish qoidalari, tartibi belgilab berilgan.
Mazkur Nizom talablari bojxona to‘lovlari to‘lanishi nazarda tutilgan (bojxona rasmiylashtiruvi uchun yig‘imlar bundan mustasno) tovarlarga nisbatan qo‘llanadi.
O‘zA