FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 25 apreldagi “Bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi qo‘llanilishini soddalashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni tadbirkorlik sub’ektlariga katta qulayliklar bilan birga tashqi savdo geografiyasini kengaytirish hamda eksport hajmini yanada oshirishga sharoit yaratadi.
Ushbu hujjat ijrosi doirasida Farg‘onadagi “Yuniform” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga press-tur uyushtirildi.
20 turdagi maxsus kiyim-boshlarni ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan korxona to‘liq bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimida faoliyat olib boradi. Hozirda bu yerda 250 nafarga yaqin ishchi tomonidan yiliga o‘rtacha 300 mingdan ziyod sifatli maxsus kiyim-boshlar tayyorlanmoqda. Mahsulotlar to‘liq eksportga chiqarilmoqda.
[gallery-12575]
Ma’lumot uchun. Ayni paytda Farg‘ona viloyatida o‘ndan ziyod korxona tomonidan bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi imkoniyatlaridan unumli foydalanish yo‘lga qo‘yilgan. Bojxona postlari tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 12 ta tashqi savdo shartnomasi doirasida 66 partiyadagi umumiy qiymati 8 million dollarga yaqin tovarlar bojxona hududida qayta ishlash bojxona rejimi asosida rasmiylashtirilib, qayta ishlash jarayonlari amalga oshirilmoqda.
<iframe width="640" height="360" src="https://www.youtube.com/embed/WFEu8-wJtWU" title="Божхона ҳудудида қайта ишлаш – янги имконият" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Muqimjon QODIROV(surat),O‘zA