Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bojxona hududida qayta ishlash” rejimi samara bermoqda
12:48 / 2025-08-09

Buxoro shahridagi “DELTA RUMINO” kiyim-kechak ishlab chiqarish korxonasining yillik quvvati 3,2 ming tonna tayyor mahsulotni tashkil qiladi. Korxona “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimi afzalliklaridan samarali foydalanib kelmoqda.

Korxona yarim tayyor mahsulotlarni olib kirib, bojxona hududida qayta ishlab, so‘ngra eksport qiladi. Bu jarayonda chetdan keltirilgan yarim tayyor mahsulotlarning TIF TN kodini belgilashda bir muddat avval noaniqliklar yuzaga kelgan edi. Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan ushbu holat tadbirkor foydasiga hal qilinib, nafaqat bojxona, balki ruxsat berish borasidagi hujjatlarni taqdim qilishga mas’ul boshqa idoralarga taalluqli muammoli masalalar ham hal qilib berildi.

Hozirda korxonada 180 nafar xodimlar ish bilan ta’minlangan. 

Viloyat bojxona boshqarmasi mas’ullari tomonidan “G‘ayrat Chodak” MCHJning ishlab chiqarish jarayonlari ham o‘rganildi. Mazkur korxona asosan kiyim-kechak mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davrida qiymati 2 million AQSH dollariga teng, umumiy vazni 402 tonnani tashkil etuvchi kiyim-kechak sanoati va to‘qimachilik sanoati uchun zarur bo‘lgan uskunalar, butlovchi qismlar, kimyoviy vositalar, bo‘yoqlar va boshqa turdagi tovarlarni import yo‘li bilan olib kelgan.

Korxonada ishlab chiqarilgan kiyim-kechak mahsulotlari hozirda to‘liq ichki bozorga yo‘naltirilmoqda. Shu munosabat bilan bojxona organi vakillari tomonidan “Bojxona hududida qayta ishlash” rejimining imkoniyatlari, uning eksportni yo‘lga qo‘yishdagi afzalliklari va qulayliklari ishlab chiqaruvchilarga aniq raqamlar orqali tushuntirib berildi.

Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi rahbariyati va tegishli tarkibiy bo‘linmalar vakillari korxona faoliyati bilan yaqindan tanishib, kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan har qanday masalada amaliy yordam ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Zarif Komilov, O‘zA muxbiri.