French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bojxona boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni”
18:48 / 2023-12-03

9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni munosabati bilan viloyatda faoliyat olib borayotgan jurnalistlar, ommaviy axborot xizmati xodimlari, blogerlar va jamoatchilik vakillari ishtirokida Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etildi.

Dastlab ishtirokchilar viloyat bojxona boshqarmasida xodimlarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Ularga oshxona, yotoqxona, sport maydonchasi, mashg‘ulotlar va maxsus jihozlangan xonalar hamda “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona postidagi shart-sharoitlar ko‘rsatildi.

Tadbirda viloyat bojxona boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Sh.Xayrullayev joriy yilning avgust oyida davlatimiz rahbarining Bojxona qo‘mitasiga tashrifi davomida Bojxona rasmiylashtiruvi markazi faoliyatini ishga tushirib berish jarayonida sohani rivojlantirish bo‘yicha berilgan topshiriqlar doirasida xodimlarning moddiy-ijtimoiy sharoitlarini yaxshilash, tizimni korrupsiyadan xoli sohaga aylantirish bo‘yicha vaziflar berilganligini ta’kidladi.

Boshqarma mas’ul xodimi O.Suvonov korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida amalga oshirilgan ishlar, bojxona xodimlarini ijtimoiy himoyalash va qo‘llab-quvvatlash hamda ularni rag‘batlantirish tizimi haqida batafsil ma’lumot berdi.

Shuningdek, bojxonada kadrlarni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tanlab olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar, bojxona rasmiylashtiruvi jarayonlari va yangi yaratilgan dasturlar hamda bojxona organlarida foydalanilayotgan zamonaviy texnik vositalar to‘g‘risida taqdimot o‘tkazildi.  

Sh.Suyarov, O‘zA muxbiri