Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bog‘lar yurt obodligidan darak beradi
09:45 / 2025-06-24

Qaror va ijro

Prezidentimizning 2024 yil 5 apreldagi “Yoshlarga yer ajratish orqali ularning daromadlarini oshirish va bandligini ta’minlash, shuningdek, yangi yer maydonlarini o‘zlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Namangan viloyatida joriy yilda 7 ming gektar yer, shundan 6 ming 119 gektari sug‘oriladigan, 881 gektari esa yaylov yerlarni o‘zlashtirish belgilangan.

To‘raqo‘rg‘on tumani bo‘yicha o‘tgan yildan boshlab 850 gektar foydalanishdan chiqib ketgan maydonning 500 gektarini qayta foydalanishga kiritish harakatlari natijasida 350 gektari bog‘dorchilik uchun  berilgan. 

Joriy yilda esa yana 500 gektar, shundan 62,2 gektar yer o‘zlashtirish, 437,8 gektar maydon qayta foydalanishga tayyorlanmoqda. Ayni shu maqsadda qudratli texnikalar “Shohidon nurli diyori” MMTP hududidagi qir-adirliklarda tinimsiz ishlamoqda.

Bir paytlar bepoyon past-balandliklar o‘rnida bugun ajoyib bog‘lar qad rostlamoqda. Masalan, Usmonjon Fozilov 100 gektar yerni o‘z imkoniyatidan kelib chiqib o‘zlashtirdi va 60 gektarida gilos, o‘rik, olxo‘ri ekdi. O‘tgan yildan ilk hosilni ola boshlagan bo‘lsa, shu yil 12,5 tonna, 30 ming dollarlik  o‘rik mevasini eksport qildi. Nasriddin Sulaymonov esa 28 gektar yerni o‘zlashtirib, bog‘ yaratdi. Ayni kunlarda ko‘chatlar orasiga baqlajon ekib, qo‘sh hosil olish harakatida.

Tez fursatlarda esa “Pungon-Namangan” avtomobil yo‘lining “4R112” qismidagi To‘raqo‘rg‘on tumani hududidan  o‘tuvchi Farg‘ona xalqa yo‘li bo‘ylarida bog‘-rog‘lar barpo etiladi.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA.