«Bog‘ishamol»da maroqli hordiq
Fotoreportaj
O‘zbekiston Respublikasi Kasaba uyushmalari federatsiyasi Andijon viloyat kengashi qoshidagi «Bog‘ishamol» sog‘lomlashtirish bolalar oromgohida ayni paytda 200 nafar o‘g‘il-qiz maroqli dam olmoqda.
Mavsum davomida mazkur oromgohda 1000 nafar o‘g‘il-qiz dam olishi rejalashtirilgan.
[gallery-8026]
Xushmanzara oromgohda barcha qulayliklar yaratilgan. Bolajonlarning har bir kuni mazmunli va maroqli o‘tishi uchun futbol, voleybol, basketbol, stol tennisi, shaxmat va shashka kabi sport to‘garaklari tashkil etilgan. Zamonaviy suzish havzasi bolalar bilan gavjum.
Zuhriddin UMURZOQOV (surat), O‘zA