Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bog‘dorchilik va uzumchilik sohasidagi ishlar tahlil qilindi
17:49 / 2026-02-13

Mamlakatimizda bog‘dorchilik, uzumchilik sohalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Bu yo‘nalishdagi ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish, yangi eksportbop navlarni yaratish, meva va uzum navlarining genofondini saqlash va boyitish, sohada xalqaro hamkorlikni kuchaytirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot institutida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan amaliy muloqotda sohadagi ishlar, mavjud muammolar tahlil qilindi.  

Muloqotda ma’lum qilinganidek, institutning “IN VITRO” laboratoriyasida danak mevalaridan shaftoli, o‘rik, olxo‘ri uchun fortuna va “Best-1” payvandtaglarini ko‘paytirish ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Shuningdek, Qishloq xo‘jaligi ekinlari navlarini sinash markaziga 10 ta meva-rezavor meva navi topshirilgan.

Bundan tashqari, institutda xorijiy hamkorlik dasturi doirasida Turkiya davlatidan gilosning 12 ta navidan 15 ming tup, shaftolining 8 ta navidan 1 ming 500 tup ko‘chat olib kelingan. Ularning o‘sish va rivojlanishini o‘rganish maqsadida 25 gektar maydonda ko‘rgazmali bog‘lar barpo etilgan.

Institut hamda Germaniyaning xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda Navoiy viloyatida 10 gektar yer maydonida intensiv bog‘ barpo etilgan. Bunda sug‘orish, o‘g‘itlash, harorat, yorug‘lik va namlikni boshqaradigan avtomatlashtirilgan tizim o‘rnatilgan.

Institutda ilmiy loyihalar soni, dissertatsiya ishi himoyalari hamda ilmiy salohiyatni oshirishga erishilayotgani alohida qayd etildi.

Muloqotda sohadagi mavjud qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi.

M.Komilova, O‘zA