Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligiga direktor tayinlandi
23:56 / 2021-11-24

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori (711-son, 24.11.2021 y.) bilan Xusnidin Mo‘minovich Karimov Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi direktori etib tayinlandi. Boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Nasriddin Ergashevich Najimov ushbu lavozimdan ozod qilindi.

Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Bog‘dorchilik va issiqxona xo‘jaligini rivojlantirish agentligi Prezidentning tegishli qarori bilan 2019 yil 20 martda tashkil etilgan.

O‘zA