Jizzax viloyatining G‘allaorol va Sharof Rashidov tumanlarida bog‘dorchilik sohasi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda. 500 gektarlik “BMB Cherri Garden” loyihasi nafaqat zamonaviy bog‘sozlik namunasi, balki hudud iqtisodiyoti va ijtimoiy hayoti uchun katta turtki bo‘lmoqda.
Loyihada ilg‘or tomchilatib sug‘orish texnologiyalari joriy etiladi, gilos ko‘chatlari mahalliy iqlim sharoitiga mos ravishda ekiladi. G‘allaorol tumanidagi bog‘ hududida keng ko‘lamli infratuzilma barpo etish ishlari ham izchil olib borilmoqda: ofis binolari, oshxona va texnikalarni saqlash uchun qo‘shimcha binolar qurilmoqda.
[gallery-27456]
Suv ta’minoti masalasi ham alohida ahamiyatga ega. 10 ming tonna sig‘imga ega hovuz, mavjud ikkita quduqning ta’miri va yangi quduqlarni qazish bog‘da doimiy sug‘orishni kafolatlaydi. Bu hosildorlik va mahsulot sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Mutaxassislar fikriga ko‘ra, loyiha nafaqat mahalliy iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlaydi, balki yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi bandligini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega bo‘ladi.
Abdujalol Qayumov, J. Yorbekov (surat), O‘zA muxbirlari