Ўзбек
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bog‘chaning yangi qo‘shimcha binosi foydalanishga topshirildi
11:22 / 2025-07-21

FOTOREPORTAJ

Namangan viloyati Kosonsoy tumanidagi 1-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida yangi qurilgan qo‘shimcha binosi foydalanishga topshirildi.

Guzar mahallasida joylashgan ushbu maktabgacha ta’lim tashkilotida bog‘cha yoshidagi bolalar soni yildan yilga ortib, yangi binoga ehtiyoj tug‘ilgan edi. Bunda esa “Tashabbusli byudjet” dasturi qo‘l keldi. Ta’lim muassasasi jamoasi hamda mahalla aholisi faolligi hisobiga tanlovda 1 milliard 300 million so‘m mablag‘ qo‘lga kiritildi. Natijada 100 o‘rinli qo‘shimcha bino qurib bitkazildi.

[gallery-24394]

Yangi binoning foydalanishga topshirilishi munosabati bilan tashkil etilgan marosimda mahalla ahli, nuroniylar, soha xodimlari, yoshlar vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ushbu bino bolajonlar uchun munosib tuhfa bo‘lgani ta’kidlanib, zamonaviy sharoitlarda tarbiyalanayotgan bolalar kelajakda yurt taraqqiyoti va iqtisodiyotiga hissa qo‘shadigan barkamol avlodlar bo‘lib yetishishiga ishonch bildirildi.

Shundan so‘ng ramziy lenta qirqilib, yig‘ilganlar ta’lim maskani faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Shu yerning o‘zida gandbol bo‘yicha Fransiyada o‘tkazilgan “Parij butunjahon o‘yinlari”da O‘zbekiston U-18 qizlar terma jamoasi safida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan Kosonsoy farzandi Ibodat G‘aybullayeva viloyat hokimi tomonidan taqdirlandi.

Hotam MAMADALIEV(surat),O‘zA