Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bog‘chalarda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumi boshlandi
15:32 / 2025-06-23

Yozning issiq kunlari boshlanishi bilan OKMK Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi tasarrufidagi maktabgacha ta’lim tashkilotlarida yozgi sog‘lomlashtirish mavsumiga start berildi.

Mavsum boshlanishi munosabati bilan 21-sonli “Turnacha” maktabgacha ta’lim tashkilotida namunali tadbir tashkil etildi. Unda Ijtimoiy ob’ektlar boshqarmasi boshlig‘i Saviya Tagirova hamda maktabgacha ta’lim tashkilotlari mudiralari ishtirok etdi. 

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining joriy yil tegishli buyrug‘iga asosan bog‘chalarda yozgi sog‘lomlashtirish mavsumini sifatli va samarali o‘tkazish maqsadida tizimli ishlar qilinmoqda. Xususan, bolajonlarni intellektual salohiyatli, jismonan sog‘lom bo‘lib rivojlanishlari uchun barcha zarur shart-sharoitlarni yaratish uchun tavsiyanomalar tayyorlandi. 

Bu bo‘yicha kombinatning 15 ta bog‘chalarida ham mavsumni samarali o‘tkazish maqsadida, otaliq tashkilotlar bilan qizg‘in tayyorgarlik ko‘rildi. Har bir bog‘chadagi mavsumda ish faoliyat jarayonini ochiq osmon ostida o‘tkazilishi rejalashtirildi. Bunda o‘n kunlik mavsumiy taomnoma asosida bolajonlar ovqatlantiriladi. 

Bundan tashqari, yozgi mavsumda bolajonlar uchun ko‘ngilochar o‘yinlar tashkil etiladi. O‘yin maydonchalarining bayramona yasatilishi ham bolajonlarda estetik did va ma’naviy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mavsum davomida mavzuli rejalashtirish asosida hafta va oy nomlaridan kelib chiqib, tarbiyachilar ochiq havoda turli o‘yinlarni tashkil etadi. 

Ayniqsa, bolajonlar uchun tashkil etiladigan chiniqtirish muolajalari – quyosh vannasi, massaj yo‘laklari, havo vannasi, suv havzalarida cho‘milishlari ularni sog‘lom o‘sishlarida katta ahamiyat kasb etadi. 

Masalan, 21-sonli MTTga Kovuldi koni biriktirilgan bo‘lib, ushbu tashkilot tomonidan bog‘cha hududi obodonlashtirilib, bino tashqi fasadi, basseyn, devorlar ta’mirlandi. Hozirda 12 ta shiyponchalar ta’mirlanmoqda. 

A.Musayev, O‘zA.