French
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bog‘chalarda byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha tizim yaratiladi
11:03 / 2024-02-05

Prezident maktabgacha va maktab ta’limidagi ishlar ahvolini tahlil qilib, kelgusi rejalarni belgilab berdi.

Islohotlar natijasida maktabgacha ta’limda qamrov 74 foizga yetdi. 2016 yilda bu ko‘rsatkich 27 foiz edi. Bu yil davlat bog‘chalari quvvati yana 10 ming o‘ringa, xususiy bog‘chalarda 50 ming o‘ringa oshiriladi.

Lekin ba’zi chekka qishloqlarda bog‘cha hali yo‘qligi sababli hamma bolalar ham maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan, ayrim tumanlarda bog‘cha yetarli bo‘lishiga qaramay, qamrovi o‘tgan yilga nisbatan biroz kamaygan.

Xususiy bog‘chalarda bolalar hisobini yuritish raqamlashtirilmoqda, lekin davlat bog‘chalarida bu jarayon hali boshlanmagan.  

Shu munosabat bilan Maktabgacha ta’lim agentligiga bog‘chalarda byudjet mablag‘laridan samarali foydalanish bo‘yicha tizim yaratish topshirildi.

O‘zA