Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bog‘chalar qamrovi ortmoqda
19:56 / 2022-09-30

Farzandga tarbiya berish, avvalo, oiladan boshlanadi. Lekin bolaning barkamol o‘sishida maktabgacha ta’lim muassasalari ham muhimdir. Shu jihatdan yurtimizda kelajagimiz egalarini maktabgacha ta’limga qamrab olish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tibor qaratiladi.

Tahlillarga ko‘ra, birgina Piskent tumanida 2021 yilgacha bolalarning bog‘chaga qamrovi 57 foizni tashkil etgan. Shu davrda 3 ta davlat va 15 ta oilaviy bog‘cha qurildi. 2022 yilda esa 4 ta davlat muassasasi va 2 ta oilaviy va davlat-xususiy sherikchilik asosida bog‘cha foydalanishga topshirildi. Hozir Piskentda 7 ming 79 nafar bog‘cha yoshidagi bola bo‘lib, ularning 4 ming 349 nafari maktabgacha ta’limga qatnaydi. Bundan tashqari, ayni vaqtda Oybek mahallasida 90 o‘rinli, «Taraqqiyot» mahallasida 150 o‘rinli, «G‘ayrat» mahallasida 120 o‘rinli va «Zominovul» mahallasida 90 o‘rinli davlat muassasalari qurilmoqda.

Sohada tadbirkorlar ulushining ortishi va oilaviy bog‘chalar tashkil etilishi tizimda raqobat muhitini yaratib, rivojlanishga olib kelmoqda. Hozirgi kunda tumandagi 47 ta bog‘chaning 21 tasi davlat, 23 tasi oilaviy hamda 3 ta davlat xususiy sheriklik asosidagi muassasalar tashkil etadi. bugungi kunda «Oqtom» mahallasida tadbirkorlar Rohila Soliyeva 25 o‘rinli, Sanobar Ibragimova 50 o‘rinli, «Ko‘lota» mahallasida Sanobar Manazarova 100 o‘rinli, «Chimqo‘rg‘on» mahallasida Manzura Darmonova 100 o‘rinli bog‘chalarning qurilishida tashabbus ko‘rsatgan. Natijada 2022 yil yakunida bolalarning bog‘chaga qamrovi 75 foizdan ortadi.

A.MUSAEV,O‘zA.