Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bog‘chalar bolajonlar ixtiyorida
17:40 / 2023-07-07

Toshkent viloyati Piskent tumanidagi Oybek va Mitan mahallalarida maktabgacha ta’lim tashkilotlari foydalanishga topshirildi.

Ellik o‘rinli bog‘cha ochilishi hududga yaqin tashkilot va korxonalarda ishlovchi oilalarga katta qulaylik yaratdi. Yorug‘, shinam xonalarda bolalarning ta’lim-tarbiya olishi uchun yetarli sharoit yaratilgan. Muassasaning ochilish marosimi bolajonlar uchun haqiqiy bayramga aylandi. Tadbirda qatnashgan tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbari Baxtinisa Ishmurodova o‘z so‘zida bolajonlar bu maskanda yaratilgan sharoit va imkoniyatlardan samarali foydalanib, vatanimiz kelajagi uchun zarur insonlar bo‘lib yetishiga tilak bildirdi.  

Ana shunday tadbir Piskent tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 13-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida ham bo‘lib o‘tdi. 1970 yilda qurilgan va bog‘chaga moslashtirilgan 140 o‘rinli binoda faoliyat olib borar edi. Yil sayin mahallada bolalar sonining ortishi yangi va zamonaviy qo‘shimcha binolarga ehtiyoj tug‘dirdi. Shu tufayli Investitsiya dasturi asosida 2 milliard 600 million so‘m evaziga yangi, zamon talablariga munosib bino bolajonlar ixtiyoriga topshirildi.  

Tantanali ochilish marosimiga Piskent tumani hokimligi mas’ullari, viloyat va tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi rahbarlari, deputatlar, mahalla faollari va nuroniylar, ota-onalar taklif etildi. Bolalarning sifatli tarbiya olishi uchun barcha sharoit yaratilgan va malakali pedagog va texnik xodimlar bilan ta’minlangan. 

– Yaqin yillargacha Piskentda bog‘cha masalasi muammo, bolalarning maktabgacha ta’limga qamrovi yetarli darajada emas edi, – deydi Oybek mahalla faoli, mehnat faxriysi Jo‘raqul Otaqulov. – Lekin Davlatimiz rahbari tomonidan yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga qaratgan e’tibori natijasida tumanda ham zamonaviy bog‘chalar ko‘paymoqda. Bugungi kunda tumanda 51 maktabgacha ta’lim muassasasi mavjud bo‘lib, 22 davlat, 2 xususiy, 2 davlat-xususiy sherikchilik, 25 oilaviy xususiy maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Bundan tashqari, 28 maktabda majburiy bir yillik bepul ta’lim guruhlari ham ochilgan. Bugun foydalanishga topshirilgan 2 bog‘cha piskentlik 140 nafar bolani o‘z bag‘riga oldi.  

A.Musayev, O‘zA.