Bog‘chada bolalarning kasb-hunarga oid ko‘nikmalari shakllanmoqda
Surxondaryo viloyatida maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarni erta yoshdan mehnatsevarlik, ijodkorlik ruhida tarbiyalash va kasb-hunarga qiziqtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Termiz shahridagi 30-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida tashkil etilgan “Kichik qo‘llarda katta mahorat” nomli to‘garagi ushbu maqsadning amaliy namunalaridan.
To‘garakning kashtachilik, gilam to‘qish, kulolchilik, yog‘och o‘ymakorligi, milliy bezak san’ati kabi mashg‘ulotlarida tarbiyalanuvchilar faol ishtirok etmoqda. Ularning har bir harakati, mehnatida mehr, diqqat va ijodkorlik namoyon bo‘ladi.
[gallery-25937]
Bunday faoliyat bolalarning nafaqat qo‘l matorikasini, balki fikrlashi, tasavvur va estetik didini ham rivojlantiradi.
Hunarmandchilik to‘garaklarida tajribali ustalar, ota-onalar va mahalla faollarining ishtiroki bolalar uchun chinakam hayotiy saboqqa aylanmoqda.
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/b4i7cFCuQi8" title="Bog‘chada bolalarning kasb-hunarga oid ko‘nikmalari shakllanmoqda" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat va video), O‘zA