Arabic
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bog‘cha va maktablarda yangi yil bayrami tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar e’lon qilindi
20:19 / 2023-12-15

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bog‘cha hamda maktablarda yangi yil bayrami tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalarini e’lon qildi.

Unga ko‘ra bayramni nishonlash bahonasida o‘quvchi va pedagoglarning noqonuniy pul yig‘ishi, Yangi yilni restoran, kafe va boshqa umumiy ovqatlanish shoxobchalarida nishonlash, ta’lim tashkiloti rahbariyati hamda pedagog xodimlarining bayram munosabati bilan o‘quvchilar, ularning ota-onalaridan sovg‘alar olishi taqiqlanadi.

Shuningdek, bayram bahonasida tabiiy archa daraxtlarining shoxlarini sindirish yoki ularni boshqa joyga ko‘chirish – o‘quvchilarning turli xil pirotexnik vositalarni olib kelishi hamda ulardan foydalanishi qat’iyan taqiqlanadi.

Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, foye, faollar yoki sport zallarini va muassasa hududini bayramona bezatish, yuqori sinf o‘quvchilari o‘rtasida bayramga bag‘ishlab turli ko‘rik-tanlovlar tashkil etish, o‘quvchilar tomonidan yangi yil bayrami bilan bog‘liq turli xil ertaklar hamda sahna ko‘rinishlarini tashkil etish tavsiya etiladi.

Marhabo MADAMINOVA, O‘zA