Қазақ
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bog‘cha tarbiyalanuvchilariga sport kiyimlari va buyumlari topshirildi
18:13 / 2021-04-01

Mamlakatimizda aholi salomatligini mustahkamlash, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda.

Farzandlarimizni yoshligidan sportga o‘rgatish, sport mashg‘ulotlariga jalb qilish ularning kelajakda sog‘lom va baquvvat bo‘lib ulg‘ayishida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi 334-sonli maktabgacha ta’lim muassasasida tadbir tashkil etilib, 30 nafar bolalar bog‘chasi tarbiyalanuvchisiga Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda Sport yakkakurashlari bo‘yicha respublika oliy sport mahorati maktabi tomonidan 3 million 845 ming so‘mlik sport kiyimlari va sport buyumlari topshirildi.

Ushbu sovg‘a bolajonlar tomonidan katta qiziqish va quvonch bilan qarshi olindi. Mazkur kichik e’tibor o‘g‘il-qizlar qalbida sportning turli yo‘nalishlariga mehr uyg‘otib, ularning kelajakda buyuk futbolchi, jahon chempionlari bo‘lib yetishishiga xizmat qilishi shubhasiz.

Mohigul Qosimova, O‘zA