English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Bog‘cha opalarga mazza-a?!...” mazmunidagi videolavha yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi
15:59 / 2022-05-16

Ijtimoiy tarmoqlarda Namangan viloyatining Pop tumanida joylashgan 13-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan bog‘liq “Bog‘cha opalarga mazza-a?! Ikkita bolani bitta joyga yotqizib, o‘rniga o‘zi oyoqni osmonga ko‘tarib telefon o‘ynab yotaveradi”, mazmunidagi videolavha tarqaldi.

Maktabgacha ta’lim vazirligi matbuot xizmati bildirgan rasmiy munosabatga ko‘ra, mazkur video 2021 yilning 16 aprel kuni tasvirga tushirilgan va “SizdanTelegram” ijtimoiy tarmog‘i orqali o‘sha yilning 21 iyun kuni yoritilgan.  

Ta’kidlanishicha, bu masala allaqachon yopilgan va bu holatni keltirib chiqargan xodimlar uchun tegishli choralar qo‘llanilgan. O‘sha vaqtning o‘zida, 22 iyun kuni rasmiy munosabat ham bildirilgan.  

Keyinchalik, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan mazkur videoyozuv bo‘yicha tegishli chora (vazifasidan ozod etish) qo‘llanilgan. Bundan norizo bo‘lgan xodim viloyat fuqarolik sudiga ishga tiklash to‘g‘risidagi davo arizasi kiritgan. Biroq sud fuqaroning ushbu arizasini qanoatlantirishni rad etgan.  

O‘zA