Spanish
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Bog‘dorchilikdagi hamkorlik
17:17 / 2016-04-19

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda tashkil etilgan namunaviy intensiv bog‘ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Undamutaxassislar, Kegeyli va Xo‘jayli tumanlaridagi bog‘dorchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) bilan hamkorlikda tashkil etilgan namunaviy intensiv bog‘ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Undamutaxassislar, Kegeyli va Xo‘jayli tumanlaridagi bog‘dorchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari rahbarlari ishtirok etdi.

Germaniyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Naytxart Xyofer-Vissing, Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Torsten Bretsina, akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti bosh direktori Yu.Saymnazarov va boshqalar Prezident Islom Karimov rahnamoligida O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligini isloh qilish, ayniqsa, fermerlik harakatini rivojlantirish, chorvachilik, bog‘dorchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladi. Mamlakatimizda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish, ularning sifatini yaxshilash, mevali daraxt ko‘chatlari turini ko‘paytirish orqali intensiv bog‘lar barpo etish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Bu aholi dasturxoni to‘kinligini ta’minlash bilan birga, yurtimiz eksport salohiyatining ortishiga ham xizmat qilmoqda.

Prezidentimizning 2012-yil 22-oktabrdagi “O‘zbekistonda fermerlik faoliyatini tashkil qilishni yanada takomillashtirish va uni rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bu borada muhim dasturilamal bo‘layotir.

Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyati bilan yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik doirasida samarali loyihalar amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog‘istonda yuqori unumli intensiv bog‘lar barpo etish loyihasi shular jumlasidandir. Ish mintaqaning sovuq iqlim sharoiti va tuproq tarkibining sho‘rligi inobatga olingan holda, 2013-yilda akademik M.Mirzayev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston Respublikasi filialining Kegeyli tumanidagi tajriba uchastkasida 5 gektar maydonda boshlangan edi.

– Intensiv bog‘ yaratish uchun tanlangan maydon zamonaviy usulda – lazer uskunasi yordamida tekislanib, xorijdan keltirilgan olmaning 14, olxo‘ri va nokning 2 xil navi ekildi, – deydi Germaniya Xalqaro hamkorlik jamiyatining Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi koordinatori B.Habibullayev. – Ko‘chatlar yaxshi rivojlanmoqda. Pakana bo‘yli daraxtlarning ildizi chuqur ketmasligi bois ularni purkab sug‘orish texnologiyasi joriy etilgan. Ariq suvi maxsus suv saqlagichlarda 4 bosqichda tindirilib, zamonavay sug‘orish tizimi orqali sepiladi.

Tadbirda ishtirokchilar bog‘dorchilik xo‘jaligida yangi texnologiya asosida parvarishlanayotgan 3 ming tup mevali daraxt ko‘chatlarini oziqlantirish, qator oralariga yovvoyi o‘t va zararkunandalarga qarshi kimyoviy ishlov berish jarayoni bilan tanishdi.