English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Boeing” “O‘zbekiston havo yo‘llari”dan buyurtma oldi
11:19 / 2025-09-23

“Reuters”, “Uk.investing”, “The wall street journal” kabi dunyoning qator yetakchi nashrlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Nyu-York shahrida “Boeing Global” kompaniyasi prezidenti Brendan Nelson bilan uchrashuv o‘tkazgani, tomonlar “Boeing” samolyotlarini yetkazib berish bo‘yicha yangi shartnoma imzolaganini keng yoritmoqda.

Мақолаларда “O‘zbekiston havo yo‘llari” 8 milliard dollardan ortiq mablag‘ evaziga 22 ta "Dreamliner787" samolyotini xarid qilishiga urg‘u berilgan. Shuningdek, AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘z ijtimoiy tarmog‘i orqali mazkur kelishuvga alohida e’tibor qaratib, shaxsan munosabat bildirgan:

– Shu oy boshida O‘zbekiston yetakchisi bilan suhbatlashgan edim. Bugun men Prezident Mirziyoyevni “Boeing” ishtirokida muhim bitim imzolangani bilan tabriklayman! Ushbu kelishuv tufayli Qo‘shma Shtatlarda 35 000 dan ziyod ish o‘rni yaratiladi. Prezident Mirziyoyev – bir so‘zli inson va biz yana ko‘plab masalalar bo‘yicha birga ishlashda davom etamiz! Bu masalaga e’tibor uchun tashakkur.

AQSH Savdo vazirligi tegishli shartnoma dushanba kuni Nyu-Yorkda Birlashgan MillatlarTashkiloti Bosh Assambleyasi 80-sessiyasi doirasida imzolanib, muhrlanganini e’lon qildi. Savdo departamenti mazkur bitimni “Markaziy Osiyo bilan eng yirik tijorat samolyotlari shartnomasi” deb atadi.  

Muharrama Pirmatova, O‘zA