Chinese
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boeing Markaziy Osiyoga samolyot sotishni to‘xtatmaydi
12:40 / 2022-08-01

Boeing Markaziy Osiyo aviatashuvchilarini o‘zining mahsulotlariga xaridorlar ro‘yxatidan o‘chirgani yo‘q, dedi Tojikistonning "Somon Eyr" aviakompaniyasi rahbariyati RIA Novostiga.

Avvalroq  Boeing o‘z saytida yaqin 20 yillik prognozini e’lon qilgan edi, ushbu xaritada  Rossiya bilan Markaziy Osiyo ko‘k rangda bo‘yalgan bo‘lib,  bu samolyot yetkazib berish rejada yo‘qligini bildirar edi. Kompaniya hisobotida aytilishicha, Markaziy Osiyoda samolyotga bo‘lgan talab mavjud, biroq vaziyatning oldindan bilib bo‘lmaslik darajasining yuqoriligi va ushbu holat qachongacha cho‘zilishi noma’lumligi sababli biz Rossiya va Markaziy Osiyo bo‘yicha prognozimizni e’lon qilmaslikka qaror qildik, deyilgan.  

"OAVda shu haqda xabar tarqalgandan keyin biz Boeing  kompaniyasiga tegishli so‘rov jo‘natdik. Korporatsiya vakillarining bizga yo‘llagan javobida shunday deyiladi: Markaziy Osiyo mamlakatlariga samolyot sotishni to‘xtatish bo‘yicha hech qanday gap bo‘lgani yo‘q va bo‘lishi ham mumkin emas". Bu haqda "Somon Eyr" aviakompaniyasi raisining o‘rinbosari  Abdulqosim Valiyev agentlikka ma’lum qilgan.  

Valiyevning ma’lum qilishicha, avgust oyi oxirigacha "Somon Eyr" aviaparkiga yana ikkita Boeing 737 800 samolyoti kelib qo‘shiladi, bu haqda fevral oyida shartnoma imzolangan edi. "Ushbu havo kemalari yangi emas, ular to‘rt-besh yil parvozda bo‘lgan, lekin juda yaxshi holatda. Mazkur samolyotlar  ma’lum muddatga lizing asosida sotib olingan", – degan edi u.