English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Boburiylardan qolgan inshootlar Hindiston turizmi taraqqiyotiga hissa qo‘shmoqda
11:58 / 2026-02-13

“Milliy tiklanish” demokratik partiyasining “Vatandosh bilan suhbat” loyihasi doirasida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 543 yilligi munosabati bilan navbatdagi onlayn muloqot tashkil etildi.

Unda Javoharlal Neru universiteti doktoranti, tarixchi Muzaffar Haqberdiyev loyiha mehmoni sifatida ishtirok etdi. Shuningdek, partiya vakillari, yoshlar va xotin-qizlar qatnashdi.

Yosh olim Bobur shaxsi va uning ma’naviy, ilmiy merosi hamda Boburiylar avlodining Hindiston taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyati haqida ma’lumotlar berdi. Sulola bu yurtda ilm-fan, madaniyat va san’at rivojida muhim o‘ringa ega bo‘lganini ta’kidladi. Ayniqsa, Boburiylardan qolgan betakror tarixiy inshootlar bugun Hindistonda turizm taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shmoqda. Birgina Toj Mahaldan tushadigan bir kunlik mablag‘ agraliklarning bir oylik daromadiga teng bo‘lishi aytiladi.

Uchrashuvda O‘zbekiston — Hindiston munosabatlari tarixi va buguni, ta’lim tizimi, hind yoshlari hayoti kabi masalalarga ham  to‘xtalib o‘tildi. Ishtirokchi yoshlarning bu boradagi savollariga javob qaytarildi.

M.Komilova, O‘zA